Jamiyat | 13:54 / 02.03.2025
2767
2 daqiqa o‘qiladi

Hududlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanib kelgan fuqarolar va korxonalar aniqlandi

Aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departamen

Andijon, Navoiy va Toshkent viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘istonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari fosh etilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Asaka va Andijon tumani bo‘limlari va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro A.E. va “T.D.” oilaviy korxonasi mas’ul shaxslari yashash xonadoni va korxonaga qarashli oshxonada umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 418,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Qibray tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda K.T. “Obod” MFY hududidagi issiqxonasida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga yer osti orqali yashirincha ulanib, 240,9 so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Departamentning Navbahor va Baliqchi tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar M.D. va I.O. o‘zlarining xonadonlarida o‘zboshimchalik bilan gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 275,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan

Departamentning Amudaryo tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro F.A. xonadonida o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanib, 106,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid