Gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilishi oqibatida 98 mlrd so‘m zarar yetkazildi
O‘zbekistonda joriy yilda gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilishi oqibatida davlat manfaatlariga 98 mlrd so‘m zarar yetkazildi.

Foto: Kun.uz
“O‘zenergoinspeksiya” o‘tkazgan nazorat tadbirlarida 358 ta iste’molchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy va qoidabuzarlik holatlari aniqlandi. Unga ko‘ra 25,4 mln metr kub tabiiy gaz (62,2 mlrd so‘m) va 29,4 mln kilovatt-soat elektr energiyasidan (35,8 mlrd so‘m) noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga jami 98,1 mlrd so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida miqdori 370,8 tonna qiymati 6,3 mlrd so‘mlik neft mahsulotlaridan belgilangan talablarga zid ravshda foydalanish holatlari aniqlandi. Iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 342 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.
Xususan, o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan holatlarning 142 tasi elektr energiyasi, 200 tasi esa tabiiy gazdan foydalanishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, energetika obektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar yuzasidan 37 ta brigadaning ish faoliyati o‘rganildi. Tashkiliy va texnik tadbirlarni bajarmasdan, xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilmagan 16 ta brigada ishdan chetlashtirildi.
Inspeksiya tomonidan iste’molchilarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha umumiy quvvati 214 mVt bo‘lgan jami 1 ming 55 ta obektning elektr ta’minoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, 733 ta iste’molchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulanishiga ruxsat berildi.
Mavzuga oid

12:30 / 06.03.2025
Qariyb 200 mln so‘mlik gazni talon-toroj qilgan kafe egasi ushlandi

12:22 / 06.03.2025
376 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

10:39 / 06.03.2025
Maishiy xizmat ko‘rsatish binolarida 246 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi

09:40 / 06.03.2025