AQShning Xitoy va Rossiya o‘rtasida ziddiyat keltirib chiqarishga urinishi befoyda - Xitoy TIV
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning «Rossiya Xitoyga haddan tashqari qaram» degan so‘zlarini shunday izohladi.

Foto: Getty images
Xitoy va Rossiya o‘rtasida ziddiyat keltirib chiqarishga urinish AQSh uchun mutlaqo foydasiz. Bu haqda 27 fevral kuni Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Lin Tszyan brifingda ma’lum qildi, deb xabar berdi Xinhua.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning «Rossiya Xitoyga haddan tashqari qaram» va Moskva bilan Pekin «AQShga qarshi birlashishi mumkin» degan so‘zlarini shunday izohladi.
Linning aytishicha, Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar ikki yirik davlat sifatida yuqori ichki harakatlantiruvchi kuchga ega va hech qanday uchinchi tomon ta’siri ostida emas.
Xitoy va Rossiyaning rivojlanish strategiyalari va tashqi siyosati uzoq muddatli, deb qo‘shimcha qildi Lin va xalqaro vaziyatdagi o‘zgarishlarga qaramay, Xitoy-Rossiya munosabatlari muammosiz rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
Mavzuga oid

16:37
CNN: AQSh Saudiya Arabistonida nafaqat Ukraina, balki Rossiya bilan ham alohida muzokaralar o‘tkazadi

09:21
Xitoy O‘zbekistonda ta’lim va kasbga tayyorlash o‘quv markazini ochadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

22:47 / 08.03.2025