Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi bog‘chada tarbiyachi bolani stulga skotchlab qo‘ydi
Aniqlanishicha, holat xususiy bog‘chalarning birida sodir bo‘lgan. Mazkur voqeadan so‘ng tarbiyachi va uning yordamchisi ishdan bo‘shatilgan.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi poytaxtdagi bog‘chalarning birida tarbiyachi bolani stulga skotchlab qo‘ygani yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanidagi xususiy bog‘chalardan birida ovqat yeyishni istamagan bola stulga skotchlab qo‘yilgani tasvirlangan video tarqaldi.
Qayd etilishicha, Yunusobod tumanidagi First Daycare xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida 2025 yil 21 fevral kuni tarbiyachi S.A. va tarbiyachi yordamchisi X.M. tarbiyalanuvchilardan birini ovqat yemagani uchun stulga skotchlagani aniqlangan.
Tashkilot ma’muriyati tarbiyachi S.A., tarbiyachi yordamchisi X.M. bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilgan va ular ishdan bo‘shatilgan.
Ayni paytda yuqoridagi holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv-o‘rganish ishlari olib borilayotganini bildiramiz.
Avvalroq Sergelidagi bog‘chada tarbiyachining qo‘pol munosabati oqibatida bolaning oyog‘i singandi. Bolaning ota-onasiga bog‘cha ma’muriyati tomonidan o‘g‘li o‘zi yiqilib oyog‘i singani va Sergeli tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingani to‘g‘risida xabar berilgan. Ammo kuzatuv kameralaridagi yozuvlar ko‘rilganida holat boshqacha bo‘lgani aniqlangan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49
-
«Oq oltin» balosi: O‘zbekistonda paxta qulligi tarixi, oqibatlar va bugungi kun haqida
O‘zbekiston | 22:01
-
Bo‘stonliq tog‘laridagi yong‘in qariyb 7 soatda o‘chirildi
O‘zbekiston | 21:48
Mavzuga oid

22:49
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi

21:48
Bo‘stonliq tog‘laridagi yong‘in qariyb 7 soatda o‘chirildi

18:33 / 22.07.2025
Toshkent hokimi ko‘cha va yo‘llarga panjara o‘rnatish uchun qariyb 7 mlrd so‘m ajratdi

09:05 / 20.07.2025