25 fevral kuni ayrim joylarda qor yog‘ishi kutilmoqda

Foto: Kun.uz
«O‘zgidromet» 25 fevral, seshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+7 daraja, kunduzi +11...+13 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi –3...+2 daraja bo‘ladi. Ustyurtda kechasi –10...–15 daraja, kunduzi –3...–8 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja, Navoiy viloyati shimolida kechasi 0...–5 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, kechqurun ba’zi joylarda qorga aylanadi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, kechqurun ba’zi joylarda qorga aylanadi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechqurun ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.