Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar erta insultning sirli sababini aniqladi
Britaniyalik olimlar 50 yoshgacha bo‘lgan insonlar orasida tajriba o‘tkazib, kelib chiqishi noma’lum hisoblangan kriptogen insultlar sababini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Unsplash
Britaniyadagi Kil universiteti olimlari 50 yoshdan kichik bo‘lgan insonlarda kriptogen insultlar — noma’lum kelib chiqishga ega insultlar sababini aniqladi. Tadqiqot natijasi Neurology Open Access jurnalida chop etildi.
Kriptogen insultlar tibbiyot xodimlari uchun sirligicha qolmoqda: qon tomirlarining berkilib qolish sababi noma’lum. Holsizlik, nutq va ko‘rishda muammolar — kasallikning belgilari bo‘lib, u o‘lim bilan yakunlanishi mumkin.
Olimlar o‘tkazgan tajribada 18-49 yosh oralig‘idagi 546 kishi ishtirok etgan — insultga chalinganlar va sog‘lom odamlar. Tahlillar natijasi tamaki chekish insultning asosiy xavf omili ekanini ko‘rsatgan. Guruhdagi insultni boshdan o‘tkazganlarning 33 foizini chekuvchilar tashkil etgan.
Xavf omillari (spirtli ichimliklar iste’mol qilish, qon bosimi va ta’lim darajasi) inobatga olinganida tamaki chekuvchilarda insultga chalinish ehtimoli ikki barobar ko‘p ekani ma’lum bo‘ldi. Erkaklar orasida xavf uch baravar, 45-49 yoshdagi odamlarda esa deyarli to‘rt baravar oshishi aniqlandi. Yiliga 20 qutidan ortiq tamaki chekadiganlarda insult xavfi 4-7 barobarga yuqori.
Olimlar insult holatlarini kamaytirish uchun chekishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni kuchaytirishga chaqirdi.
Avvalroq britaniyalik tadqiqotchilar tamaki chekishga bir haftada o‘rtacha 2 soatdan ortiq vaqt ketishi va bu bir yilda 92 soatni tashkil etishini hisoblab chiqqandi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

00:31 / 10.07.2025
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi

22:31 / 24.06.2025
Yaqin yuz yilda qushlarning 500 dan ortiq turi yo‘qolib ketishi mumkin

00:30 / 23.06.2025
Organizmdagi «qariyotgan» hujayralarni aniqlashning yangi usuli ishlab chiqildi

11:46 / 21.06.2025