O‘zbekiston | 17:25 / 18.02.2025
6766
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent yo‘llarida qayrilib olish joyidan oldin chizilgan yangi yo‘l chiziqlari o‘chirib tashlanmoqda

IIV YHXB poytaxt yo‘llarida paydo bo‘lgan yangi turdagi chiziqlar o‘chirib tashlanayotganini ma’lum qildi. Idoraga ko‘ra, bunga ijtimoiy tarmoq faollari va jamoatchilik a’zolarining muhokamalari sabab bo‘lgan. 

Foto: Videodan kadr

«Xalqaro tajriba, ekspertlarning taklifiga binoan Toshkent shahar ko‘chalarida chizilgan yo‘l yotiq chiziqlari, ya’ni qayrilib olish joyidan avval chizilgan chiziqlar ijtimoiy tarmoq faollari, jamoatchilik a’zolarining muhokamalariga sabab bo‘lgani bois Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rahbariyati tomonidan o‘rganilib, ushbu chiziqlar o‘chirilmoqda», — deyiladi YHXB xabarida.

Mavzuga oid