“Talabalar ligasi” sport musobaqalari davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023 yil 11 aprel kuni “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida talaba-yoshlar o‘rtasida qatorasiga ikkinchi marta 9 ta sport turi bo‘yicha respublikamizda faoliyat yuritayotgan 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

“Talabalar ligasi” sport turlari bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq
2024-2025 o‘quv yili mobaynida 3 bosqichda tashkil etiladi.
1-bosqich: Oliy ta’lim muassasasi (sentabr-dekabr);
2-bosqich hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) (fevral-mart);
3-bosqich: Respublika final bosqichi (aprel-may).
Hozirgi kunga qadar musobaqalarning birinchi oliy ta’lim bosqichi o‘z nihoyasiga yetib, unda 288 537 nafar (shulardan 105 577 nafari ayollar) talabalar ishtirok etdi.
Musobaqalarning ikkinchi hududiy bosqichlarida 12250 (4524 nafari ayollar) nafar respublika final bosqichida 2 274 nafar (890 nafari ayollar) ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, “Talabalar ligasi” quyidagi sport turlari:
- Badminton;
- Basketbol;
- Voleybol;
- Gandbol;
- Yengil atletika;
- Kurash;
- Stol tennisi;
- Futzal;
- Shaxmat bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.
Reklama huquqi asosida