Isroil HAMASning Livandagi qo‘mondonini yo‘q qildi
HAMAS harakati qo‘mondonlaridan biri bo‘lgan Muhammad Shahin Isroil armiyasi tomonidan berilgan aviazarbalar oqibatida o‘ldirildi.

Foto: The Jerusalem Post
Isroil armiyasi HAMAS harakatining tezkor departamenti boshlig‘i Muhammad Shahin o‘ldirilganini ma’lum qildi. U Livan janubidagi Sayda shahriga berilgan aviazarba oqibatida yo‘q qilingan.
Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Muhammad Shahin jangovar harakatlarda Livan tomonidan uyushtirilgan raketa zarbalarini boshqargan va «HAMASning muhim xabarchisi» bo‘lgan.
Falastinning HAMAS harakati Muhammad Shahin o‘ldirilganini tasdiqladi. U harakatning «yuqori lavozimlarini» egallagan, ammo boshqa tafsilotlar oshkor etilmadi.
Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Isroil armiyasi «HAMASning asosiy qismini» yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgani, ammo TSAHALning ishi hali yakunlanmaganini ma’lum qilgandi. Uning aytishicha, Isroil «HAMASning harbiy va siyosiy potensialini yo‘q qiladi».
Isroil va Falastin harakati o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganiga qaramay, Isroil anklav tashqarisdagi HAMAS a’zolariga hujum qilishni davom etmoqda. Xususan, 27 yanvar kuni Isroil Qurolli kuchlari HAMASning Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi dala komandiri o‘ldirilganini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar boshlarida Isroil G‘azo sektori bo‘ylab yo‘llagan aviazarbalar oqibatida HAMAS tashkil etgan politsiya boshlig‘i Mahmud Saloh hamda uning o‘rinbosari Husam Shohvon halok bo‘lgan edi.
Mavzuga oid

12:25
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

21:58 / 09.03.2025
Isroil G‘azo bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun Dohaga delegatsiya yuboradi

18:20 / 07.03.2025
HAMAS Isroil harbiy harakatlar boshlasa, garovga olinganlarni o‘ldirish bilan tahdid qildi

22:42 / 06.03.2025