O‘zbekiston | 10:43 / 16.02.2025
2542
1 daqiqa o‘qiladi

2024 yilda O‘zbekistonga olib kirilgan mobil telefonlar soni ma’lum qilindi

Eng ko‘p mobil telefon Xitoydan import qilingan.

Foto: Getty images

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024 yilda xorijdan qariyb 4,2 mln dona mobil telefon import qilgan.

Import qilingan mobil telefonlarning umumiy qiymati 374,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan.

O‘zbekistonga 2024 yilda eng ko‘p telefon import qilgan davlatlar:

  • Xitoy – 3,4 mln dona
  • Vetnam – 589,4 ming dona
  • Hindiston – 113,6 ming dona
  • Hongkong – 46,1 ming dona
  • Boshqa davlatlar – 5,4 ming dona

 

Mavzuga oid