17 fevral kuni qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?
O‘zgidromet ertaga, 17 fevral kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+2 daraja, kunduzi +10...+12 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –1...–6 daraja, kunduzi +6...+11 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...+3 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +6...+11 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...–8 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid

11:04 / 11.03.2025
Hafta davomida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda

13:44 / 09.03.2025
10 mart kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, 18 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda

10:23 / 08.03.2025
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

13:39 / 07.03.2025