Germaniya kansleri: Demokratiya - Ilon Maskdan kuchliroq
Olaf Shols Funke Mediengruppe va Ouest-France nashrlariga bergan intervyusida milliarder Maskning Germaniyadagi saylov kampaniyasiga aralashuvini tanqid qildi.

Foto: Bernd Elmenthaler/IMAGO
Germaniya kansleri Olaf Shols AQSh hukumati samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari milliarder Ilon Maskning Germaniyadagi saylov kampaniyasiga aralashuvini tanqid qildi. Shols 15 fevral, shanba kuni suhbatdan parchalarni chop etgan Funke Mediengruppe gazetalari va Fransiyaning Ouest-France gazetasiga intervyu berdi.
«Demokratiya - Ilon Maskdan kuchliroq», deb ta’kidladi Shols. Germaniya vazirlar mahkamasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u DOGE rahbari «Yevropada – nafaqat Germaniyada, balki boshqa ko‘plab mamlakatlarda ham o‘ta o‘ng partiyalarni saylashga chaqirayotganidan» xavotirda.
«Menimcha, bizga kamroq savdo to‘siqlari kerak»
Olaf Shols Vashington bilan Donald Tramp davridagi munosabatlar holatiga ham to‘xtalib o‘tdi: «AQSh bizning do‘stimiz». «Biz birinchi navbatda 1945 yildan keyin Germaniya demokratik va erkin davlatga aylangani uchun Qo‘shma Shtatlardan minnatdormiz. Bizning munosabatlarimiz shunga asoslanadi», — dedi u.
Shu bilan birga, siyosatchi Tramp tomonidan e’lon qilingan alyuminiy va po‘latga bojlarni tanqid qildi. «Asosan, menimcha, bizga ko‘proq emas, kamroq savdo to‘siqlari kerak», dedi Shols va Yevropa bu masalada birlashganligini qo‘shimcha qildi.
450 million aholisi bo‘lgan Yevropa Ittifoqi dunyodagi eng yirik iqtisodiy zonadir, deya ta’kidladi Germaniya kansleri. «Bu bizga mustahkam pozitsiya beradi», dedi u. Yevropa Komissiyasi Vashingtonning tarif choralariga «juda tez» munosabat bildiradi, deya va’da berdi Germaniya vazirlar mahkamasi rahbari.
Mavzuga oid

09:10
Pasportini o‘g‘irlatgan germaniyalik yigit to‘rt yildan beri ishga joylasha olmayapti

13:16 / 24.03.2025
Mask tufayli Tesla deyarli yarim qiymatini yo‘qotdi

11:30 / 24.03.2025
O‘smirlarda internetga qaramlik giyohvand moddalarga qaramlik bilan tenglashtirildi

21:22 / 23.03.2025