Zelenskiy: Ukrainasiz tinchlik muzokaralari qabul qilinmaydi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Donald Trampning Vladimir Putin bilan suhbatidan so‘ng uning mamlakati ishtirokisiz har qanday tinchlik muzokaralarini qabul qilib bo‘lmasligini ma’lum qildi.

Foto: Getty Images
Ukraina o‘z ishtirokisiz hech qanday ikki tomonlama tinchlik muzokaralarini qabul qilmaydi, dedi mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy 13 fevral, payshanba kuni Xmelnitskiy atom elektr stansiyasiga tashrifi chog‘ida. Bundan tashqari, Ukraina prezidenti Yevropa davlatlarining bo‘lajak tinchlik muzokaralarida ishtirok etishidan «juda manfaatdor» ekanini aytdi.
Dpa agentligining yozishicha, Zelenskiy 14 fevral, juma kuni boshlanadigan Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Yevropa yetakchilari bilan hozirgi vaziyatni muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Avvalroq Donald Tramp konferensiya doirasida Ukraina rahbariyati va Amerika delegatsiyasi o‘rtasida ham uchrashuv bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi.
Moskva va Vashington: Ukraina muzokaralarda ishtirok etadi
Avvalroq Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishini, biroq Vashington baribir Moskvaning asosiy «vizavisi» bo‘lib qolishini aytdi. «U yoki bu tarzda, albatta, Ukraina muzokaralarda ishtirok etadi. Albatta, bu muloqotning ikki tomonlama Rossiya-Amerika treki bo‘ladi va u Ukrainaning ishtiroki bilan bog‘liq bo‘ladi», — dedi u.
Peskov, shuningdek, Tramp va Putin o‘rtasidagi suhbatda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini hal qilish bo‘yicha muzokaralarda yevropaliklarning ishtiroki muhokama qilinmaganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari muzokaralarda «qandaydir tarzda o‘z o‘rnini egallash uchun Vashington bilan gaplashishi» kerak bo‘ladi.
Keyinroq AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda Ukraina urushni tugatish uchun Rossiya bilan muzokara stolidan joy olishini aytdi.
Mavzuga oid

23:00 / 10.03.2025
FXX ukrainaliklarning Rossiya kirishini 50 yilgacha taqiqlashni boshladi

22:00 / 10.03.2025
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

21:10 / 10.03.2025
AQSh Zelenskiyni yiqitmoqchimi?

20:32 / 10.03.2025