Tramp Rossiyaning G7'ga qaytishini xohlayapti
Donald Tramp Rossiyaning G7'ga qaytishini ko‘rishdan «xursand bo‘lishini» aytdi va Moskvaning Qrim tufayli chetlashtirilganini «xato» deb atadi.

Foto: Matt Dunham/ASSOCIATED PRESS/picture alliance
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaning G7'ga qaytishidan xursand bo‘ladi. Bu haqda u 13 fevral, payshanba kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi.
«Men ularning qaytishini juda istardim. Menimcha, ularni haydab yuborish xato bo‘ldi. Gap menga Rossiya yoqishi yoki yoqmasligida emas. Gap G8'da edi», — deya uning so‘zlarini keltiradi Reuters. «Men: «Nima qilyapsizlar? Sizlar Rossiyadan boshqa hech narsa haqida gapirmayapsizlar va ular stolda o‘tirishlari kerak», dedim. Menimcha, Putin qaytib kelgan bo‘lardi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Rossiya 1997 yildan 2014 yilgacha "katta sakkizlik" a’zosi edi. Biroq, Qrim qo‘shib olinganidan keyin birlashma o‘z faoliyatini «katta yettilik» formatida davom ettirdi. Hozirgi vaqtda uning a’zolariga AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Kanada va Yaponiya kiradi.
Kreml ham, bu yil «katta yettilikka» raislik qilayotgan Kanada ham Trampning so‘zlariga hech qanday reaksiya bildirmadi.
Tramp Rossiyani G7'ga qaytarishni birinchi prezidentlik davridayoq taklif qilgan
2020 yilda Donald Tramp allaqachon Rossiyani G7 sammitiga taklif qilishni va uning formatini «G10 yoki G11»ga kengaytirishni taklif qilgan, unga Moskvadan tashqari Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindistonni ham qo‘shmoqchi bo‘lgan. O‘shanda Reuters yozganidek, Kreml Amerika prezidentining g‘oyasiga vazmin munosabatda bo‘lgan.
Mavzuga oid

23:56 / 29.03.2025
Tramp firibgarlik uchun qamalgan Nikola Motor asoschisini afv qildi

21:03 / 28.03.2025
AQSh va Rossiya Arktikada faollashdi: Vens Grenlandiyaga bormoqda, Putin Murmanskda forum o‘tkazdi

16:30 / 28.03.2025
Tramp Oq uyda musulmonlar uchun iftorlik uyushtirdi

20:47 / 27.03.2025