Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termizdagi logistika markazi BMT Global tarmog‘i ombori maqomini oldi
BMT bunday omborlardan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam yetkazish uchun foydalanadi.

Foto: dunyo.info
Termiz shahrida, Afg‘oniston bilan chegaradosh hududda joylashgan xalqaro ko‘p funksiyali transport-logistika habi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi (UNHCR) Global ta’minot tarmog‘i ombori maqomini oldi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, «Dunyo» agentligi xabar berdi.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ta’kidlaganidek, og‘ir xalqaro vaziyatni hisobga olgan holda, BMT aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam ko‘rsatish uchun asosiy resurslar zaxirasini saqlab qolishga intilmoqda va shu nuqtai nazardan, markaz strategik ahamiyatga ega. Termizning Markaziy va Janubiy Osiyo chorrahasida joylashgani, shuningdek, malakali kadrlar mavjudligi O‘zbekiston savdo-logistika obektining global tarmoqqa integratsiyalashuviga ta’sir etuvchi asosiy omillar bo‘lgan.
Marosimda so‘zga chiqqan O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Termiz habi hamkorlik, ishonchlilik va samaradorlik ramzi ekanini alohida ta’kidladi. Bu nafaqat insonparvarlik yetkazib berish zanjirini mustahkamlaydi, balki ish o‘rinlari va yangi imkoniyatlar yaratish orqali mintaqa rivojiga ham hissa qo‘shadi.
Hab prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2022 yilda BMT, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar tomonidan Afg‘oniston va boshqa davlatlarga insonparvarlik yordamlarini markazlashtirilgan va maqsadli yetkazib berishni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
Termiz markazi BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligining sakkizinchi xalqaro omboriga aylandi. Global tarmoqqa, shuningdek, Amman (Iordaniya), Dubay (BAA), Nayrobi (Keniya), Akkra (Gana), Duala (Kamerun), Kopenhagen (Daniya) va Panama Siti (Panama) shaharlarida joylashgan obektlar kiradi.
Har yili ushbu infratuzilma orqali qiymati 500 million dollardan ortiq bo‘lgan hayotni qo‘llab-quvvatlovchi asosiy buyumlar (chodirlar, ko‘rpalar, oshxona jihozlari, dori-darmonlar va boshqalar) yetkaziladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Gaz ballonlarini noqonuniy saqlab, mashinalarga quyib sotayotgan xonadon aniqlandi
Jamiyat | 11:50
-
Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 11:30
-
Termizda O‘zbekiston–Rossiya harbiylarining birgalikdagi o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda
O‘zbekiston | 11:22
-
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda
Jahon | 11:06
Mavzuga oid

11:22
Termizda O‘zbekiston–Rossiya harbiylarining birgalikdagi o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda

11:06
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda

08:15
BMT qarorgohida Falastin bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

13:45 / 11.07.2025