London: Tramp Putinni muzokaralar stoliga o‘tkazishga va’da berdi
Buyuk Britaniya mudofaa vazirining ta’kidlashicha, Yevropa Ukrainaga eng yaxshi pozitsiyadan muzokaralar olib borishiga yordam beradi, AQSh esa Putinni muzokaralarga o‘tkazishga va’da qildi.

Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putinni muzokaralar stoliga o‘tkazish AQSh va uning prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlardan biridir. Bu haqda 12 fevral, chorshanba kuni Bryusselda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi rahbari Jon Xili Ukraina mudofaasi bo‘yicha "Ramshtayn" formati deb ataladigan aloqa guruhi yig‘ilishidan so‘ng ma’lum qildi.
Yevropa o‘z navbatida Kiyevga ko‘proq harbiy yordam berishga tayyor, dedi u. «Biz Ukraina jang qilayotgan paytda unga eng yaxshi pozitsiyadan muzokaralar olib borishga yordam berish majburiyatini oldik», dedi vazir NATO shtab-kvartirasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Uning ta’kidlashicha, Amerika tomoni aloqa guruhida qolmoqda va Ukrainada uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun yevropalik hamkorlar bilan ishlashga tayyor. Ular birgalikda Rossiyaga harbiy va iqtisodiy bosimni kuchaytirish niyatida, dedi Xili.
Tramp Putin va Zelenskiy bilan gaplashdi
Shu bilan birga, Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlarda xabar joylashtirgan, unga ko‘ra u Putin bilan ularning jamoalari «zudlik bilan muzokaralarni boshlashi» haqida kelishib olgan. «Men davlat kotibi Marko Rubio, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Ratkliff, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Maykl Uolts hamda elchi va maxsus vakil Stiv Vitkoffdan muzokaralarga boshchilik qilishni so‘radim», — deya qo‘shimcha qildi u.
AQSh prezidenti shu kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, Rossiya yetakchisi bilan bo‘lgan suhbat haqida ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sulh o‘rniga – Istanbulda yangi muzokaralar. Putin G‘arbning 30 kunlik otashkesim bo‘yicha taklifiga qanday javob qaytardi?
Jahon | 16:31
-
AQShda Metallica konserti kuchsiz zilzilaga sabab bo‘ldi
Jahon | 16:02
-
Parlamentda ko‘pchilik bloki tuzildi. Endi muxolifat ham paydo bo‘ladimi?
O‘zbekiston | 15:35
-
Kolumbiya Panama sobiq prezidentiga boshpana taqdim etdi
Jahon | 15:28
Mavzuga oid

16:31
Sulh o‘rniga – Istanbulda yangi muzokaralar. Putin G‘arbning 30 kunlik otashkesim bo‘yicha taklifiga qanday javob qaytardi?

07:45
Putin Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi

07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

23:06 / 09.05.2025