Toshkent viloyatida xotinini o‘ldirishda gumonlanayotgan er ushlandi
Oilaviy janjal oqibatida ayol otasining uyiga ketib qolgan. Keyin eri uni qaytarib olib ketgan. Shundan so‘ng, ayolning jasadi topilgan.

Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyatida xotinini o‘ldirishda gumonlanayotgan er qo‘lga olindi. Bu haqda «Millar» teledasturida xabar berildi.
Qayd qilinishicha, 28 yoshli ayol o‘limidan 10 kun oldin janjallar tufayli ota uyiga qaytib ketgan. 8 fevral kuni tunda 32 yoshli er ayolning ota-onasi uyiga borib, uni mashinasida olib ketgan.
Shundan so‘ng, ayolning jasadi Olmaliq shahri hududidan topilgan. Er qotillikda gumonlanib qo‘lga olingan.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan, tergov boshlangan.
Mavzuga oid

20:15 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?

16:30 / 13.03.2025
Toshkentga tramvayni qaytarish bo‘yicha yana bir “yo‘l xaritasi” imzolandi

14:39 / 13.03.2025
Toshkentda uch bolasi bilan tilanchilik qilib yurgan ayol qo‘lga olindi

21:27 / 12.03.2025