«Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yiliga mo‘ljallangan davlat dasturi qabul qilindi
2025 yilda mamlakat rivojlanishining ustuvor yondashuvlari belgilandi.

Foto: iStock
«O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida mamlakat rivojlanishining ustuvor yondashuvlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, ko‘chalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish;
- aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish;
- tabiiy resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash;
- o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash, ko‘paytirish va keyingi avlodga yetkazish hamda biologik xilma-xillikni saqlash;
- «yashil iqtisodiyot» tamoyillarini keng joriy qilish, iqtisodiyotni iqlim o‘zgarishiga moslashtirishga qaratilgan loyihalarni barqaror moliyalashtirish;
- respublika energobalansida qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirish, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida yirik “yashil energiya” stansiyalarini barpo etish, hududlarda kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini kengaytirish, aholi xonadonlarida quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish.
Mavzuga oid

16:34 / 08.02.2025
«Soyali sayr ko‘chalari» tarmog‘i yaratiladi

15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi

11:45 / 31.01.2024
“Tashabbusli budjet”da “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etiladi

23:46 / 30.01.2024