Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp sanksiyaga uchragan rossiyalik oligarxlarning aktivlarini izlaydigan ishchi guruhni tarqatib yubordi
KleptoCapture 2022 yil mart oyida, Rossiyaning Ukrainaga to‘liq miqyosli bostirib kirishi boshlanganidan so‘ng tashkil etilgan edi.

Foto: AP
AQSh Adliya vazirligi sanksiyalar ostida qolgan rossiyalik oligarxlarning aktivlarini qidirish bilan shug‘ullanadigan Jo Bayden davrida tuzilgan KleptoCapture ishchi guruhini tarqatib yubordi.
AP agentligining xabar berishicha, Donald Trampning birinchi muddatida Rossiya va boshqa davlatlar tomonidan demokratiyaga putur yetkazish va dezinformatsiya tarqatishga qaratilgan axborot kampaniyalarini kuzatish uchun tuzilgan «Xorijiy ta’sir bo‘yicha ishchi guruh» ham tugatildi.
Bu qarorlar AQSh yangi bosh prokurori Pem Bondi inauguratsiyasidan keyin qabul qilindi. Bosh prokuratura tomonidan Adliya departamenti xodimlariga yuborilgan eslatmaga ko‘ra, hozir tarqatib yuborilgan guruhlarda xizmat qilgan huquqshunoslar «avvalgi lavozimlariga qaytadi va hozir ushbu sa’y-harakatlarga bag‘ishlangan resurslar kartellar va transmilliy jinoiy tashkilotlarni to‘liq yo‘q qilishga yo‘naltiriladi».
AP ta’kidlaganidek, Tramp ma’muriyati har yili Qo‘shma Shtatlarda 70 mingdan ortiq o‘limga olib keladigan fentanil giyohvand moddasi noqonuniy savdosiga qarshi kurashishni ustuvor vazifa qilib olgan.
KleptoCapture 2022 yil mart oyida, Rossiyaning Ukrainaga to‘liq miqyosli bostirib kirishi boshlanganidan so‘ng tashkil etilgan edi. Boshqa narsalar qatorida, guruh xodimlari Sulaymon Kerimov va Viktor Vekselbergning yaxtalarini hibsga oldi, shuningdek, Oleg Deripaska va Konstantin Malofeyev tomonidan sanksiyalar buzilganini aniqladi, deb eslaydi Reuters.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp va’da qilgan Patriot tizimlaridan birinchisi Ukrainaga yetib keldi
Jahon | 19:40
-
«Yo‘q, bu bino besh yil avval qurilgan» - AQSh Markaziy banki rahbari Trampni «tuzatdi»
Jahon | 19:39
-
Kasb egallash uchun internet orqali bepul videodarslar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 19:31
-
“KAMAZ” savdodagi pasayish sabab 4 kunlik ish haftasiga o‘tmoqda
Biznes | 19:23
Mavzuga oid

19:39
«Yo‘q, bu bino besh yil avval qurilgan» - AQSh Markaziy banki rahbari Trampni «tuzatdi»

16:15
Rossiya fuqarolari zaharlanib vafot etgan Toshkentdagi mehmonxona egasi 8 yilga qamaldi

15:28
Rossiyada sudlangan general Ivan Popov orden bilan taqdirlandi

13:08