Jahon | 10:47 / 07.02.2025
25666
5 daqiqa o‘qiladi

«To‘ntarishni to‘xtating. Hech kim Maskka ovoz bermagan» - Tramp ma’muriyatining qarorlari namoyishlarni keltirib chiqardi

Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda, AQSh prezidenti lavozimiga kirishgach, AQShning o‘zida ham, butun dunyo bo‘ylab ham ulkan rezonans ko‘targan qator qonunlarni imzoladi. Oq uydagi birinchi kundanoq Tramp tug‘ilgan joyi bo‘yicha AQSh fuqaroligini berishni cheklashga qaror qildi (sud bu farmonni allaqachon bekor qilgan), migrantlarni qabul qilish va boshpana taqdim etish qoidalarini o‘zgartirdi, AQShning Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqishi tashabbusini ilgari surdi, shuningdek butun dunyo bo‘ylab faoliyat olib boruvchi Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali yordam taqdim etishni to‘xtatdi.

Bundan tashqari, Tramp Kanada, Meksika va Xitoy bilan savdo urushi boshlashga tayyorligini e’lon qildi, transgender sportchilarga ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda ishtirok etishni taqiqladi, shuningdek, AQSh hukumati faqat ikki gender — «erkak va ayol»ni tan olishini bildirdi. AQSh yangi prezidenti faolligi mamlakat chegaralaridan tashqariga ham tarqalgan, jumladan, u AQSh G‘azo sektorini «o‘z nazoratiga olish»ga tayyorligini ma’lum qilgan.

SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask rahbar etib tayinlangan va keng vakolatlarga ega bo‘lgan Davlat samaradorligi departamenti (DOGE) ham o‘zini ko‘rsatmoqda.

Bunga javoban ijtimoiy tarmoqlarda ishtirokchilari #buildtheresistance va #50501 heshteglaridan foydalanib, mamlakat aholisini Tramp va uning ma’muriyati tahdidi ostida qolgan demokratiya himoyasi uchun otlanishga chaqirayotgan «50501 harakati» (50 namoyish, 50 shtat, bir kunda) yuzaga keldi. Ular Tramp safdoshlari tomonidan ishlab chiqilgan «Loyiha 2025» deb nomlangan rejani izchillik bilan amalga oshirayotganini aytishmoqda. Shu bilan birga, CNN qayd etishicha, Trampning o‘zi bir necha bor bunday hujjat bilan tanish emasligini bildirgan.

«Meduza» «50501 harakati» doirasida 5 fevral kuni bo‘lib o‘tgan aksiyalardan fotosuratlarni taqdim etdi.

Minnesota shtati kapitoliysidagi namoyishchilar. Ulardan birining qo‘lidagi plakatda shunday yozilgan «Ilon Mask — dahshatli prezident». Sent-Pol, 2025 yil 5 fevral
Nick Wosika / Icon SMI / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Vashington shtati markazi — Olimpiyadagi namoyishchilar. Plakatlar orasida quyidagicha yozuvlar bor: «Fashizmga qarshilik ko‘rsating», «Amerika barchaniki», «To‘ntarishni to‘xtating. Hech kim Maskka ovoz bermagan» va «NATO, bizni qutqar».
Lindsey Wasson / AP / Scanpix / LETA
Nyu Yorkdagi aksiya ishtirokchisi «Eat The Rich» yozuvli plakat ko‘targan — bu anarxistlar, so‘llar va antikapitalistik harakatlar orasida mashhur ibora. Uni — «Boylarni yeb qo‘y» deb tarjima qilish mumkin. 2025 yil 5 fevral
Edna Leshowitz / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Amerika va Meksika bayroqlarini birlashtirgan namoyishchi. Los-Anjyeles, Kaliforniya shtati, 2025 yil 5 fevral
David Swanson / Reuters / Scanpix / LETA
«Irqchilikni — vatanparvarlik sifatida ko‘rsatishni bas qiling» va «Iltimos, teslamni trade-in orqali sotishga yordam bering» — deyilgan Las-Vegasdagi namoyishchilarning plakatlarida. Nevada shtati, 2025 yil 5 fevral
John Locher / AP / Scanpix / LETA
Filadelfiyadagi namoyishchilar, Pensilvaniya shtati
Matt Rourke / AP / Scanpix / LETA
Nyu Jyersi shtati poytaxti Trentondagi norozilik aksiyasi. «Demokratiya — avtokratiya emas» deb yozilgan o‘ngdagi plakatda
Brian Branch Price / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Kapitan Amerika libosidagi namoyishchi Kaliforniya shtati markazi hisoblangan Sakramentodagi kapitoliy zinasida.
Fred Greaves / AFP / Scanpix / LETA
Kaliforniy shtati kapitoliysi oldidagi namoyishchilar. Sakramento, 2025 yil 5 fevral
Justin Sullivan / Getty Images

Mavzuga oid