Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Husanov «Manchester Siti»ning YeChL pley-off o‘yinlari uchun qaydnomasiga kiritildi
«Manchester Siti» klubi Chempionlar ligasi pley-off o‘yinlaridan oldin jamoaning uch nafar yangi o‘yinchilarini UYeFAga topshirilgan yangi ro‘yxatga qo‘shdi.

Foto: Getty Images
Pep Gvardiola mavsumning ikkinchi qismidagi yevrokubok o‘yinlari uchun Abduqodir Husanovni ham «zayavka»dan o‘tkazgan. Shuningdek, yangi o‘yinchilardan Omar Marmush va Niko Gonsales ham UYeFAga topshirilgan ro‘yxatdan joy oldi. Qishki transferlardan Vitor Reys va Klaudio Echchiveri esa bu tarkibga kiritilmadi. Jarohatidan tuzalmagan Rodri ham ro‘yxatga qo‘shilgan.
Shu tariqa, Abduqodir Husanov «Siti»ning «Real»ga qarshi 11 fevral kungi o‘tish o‘yinida maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Javob uchrashuvi 19 fevralda Madridda bo‘lib o‘tadi.
«Manchester Siti»ning YeChL pley-off o‘yinlari uchun 23 o‘yinchidan iborat qaydnomasi:
Darvozabonlar: Ederson, Stefan Ortega, Skott Karson
Himoyachilar: Manuel Akanji, Natan Ake, Ruben Dias, Jon Stouns, Abduqodir Husanov, Yoshko Gvardiol.
Yarimhimoyachilar: Niko, Ilkay Gundo‘g‘an, Jyek Grilish, Kevin De Bryuyne, Bernardo, Rodri, Kovachich, Nunes, Jyeyms Makati, Foden, Doku, Savino
Hujumchilar: Erling Holand, Omar Marmush.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Bema’ni uydirma». Makron rafiqasini erkak deb atagan ayolni sudga berdi
Jahon | 16:52
-
“Siz xalqimiz uchun yashayapsiz” - Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi
O‘zbekiston | 16:12
-
Misr O‘zbekistonda dorilar ishlab chiqarishni mahalliylashtiradi
Iqtisodiyot | 15:47
-
Daraxtlar kesilishi sizga qanday ta’sir qilyapti? Ijtimoiy so‘rov
Jamiyat | 15:33
Mavzuga oid

20:34 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?

18:11 / 14.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh boshlanmoqda: unda kimlar ishtirok etadi?

20:39 / 28.05.2025
Abduqodir Husanov uylandi

23:01 / 17.05.2025