“AQSh urushni tugatish uchun Rossiyaga sanksiyalarni kuchaytirishga tayyor” - Kit Kellog
Trampning maxsus vakiliga ko‘ra, hozirda Rossiyaga nisbatan qo‘llangan cheklovlar «10 balli shkalada uchga» teng. Urushni tezroq to‘xtatish uchun Rossiyaga nafaqat iqtisodiy, balki harbiy va diplomatik bosim ham o‘tkazish zarur.

Foto: AFP/Getty Images
Donald Trampning maxsus vakili Kit Kellog AQSh Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar bosimini oshirishga tayyor ekanini ma’lum qildi, deb xabar beradi The New York Post.
Kellog hozirga qadar RFga nisbatan qo‘llangan cheklovlarni «10 balli shkalada uchga» baholadi. Uning hisoblashicha, Rossiya neftini qazib olish va eksportiga nisbatan sanksiyalar kuchaytirilishi mumkin.
Uning ta’kidlashicha, urushni tezroq to‘xtatish uchun Rossiyaga nafaqat iqtisodiy, balki harbiy va diplomatik bosim ham o‘tkazish zarur.
Kellogning fikricha, mazkur bosqichda RF hukumati jangovar harakatlarni to‘xtatishni unchalik ham xohlamayapti. Ular ulkan yo‘qotishlardan qo‘rqmayapti.
«Ular bunga ko‘nikib qolgan. Men Stalingrad jangida kiprik qoqmay 700 ming kishini yo‘qotishga tayyor bo‘lgan va yo‘qotgan mamlakatni nazarda tutmoqdaman», — deydi Kellog.
Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakil Tramp Ukrainadagi jangovar harakatlarni to‘xtatish yo‘lini topishiga ishonch bildirdi. «Agar kimdir ta’sir ko‘rsatish yo‘lini tushunsa, bu prezident Donald Tramp va siz buni yaqinda qilgan ishlaridan ko‘rishingiz mumkin [boshqa tashqi siyosiy masalalarni hal etishdagi qarorlari]», — deydi u.
Kellogning hisoblashicha, oldingi prezident ma’muriyati Ukrainaga «qancha kerak bo‘lsa shuncha» yordam berishni va’da qilgan, biroq bosimni kuchaytirmagan va qurollanishni kerakli vaqtda taqdim etmagan. «Bu strategiya emas, balki bamperdagi yorliq», — deya Kellog Jo Bayden davridagi Oq uy harakatini tasvirlaydi.
Avvalroq Kit Kellog OAV xabarlaridan farqli o‘laroq, kelasi hafta Myunxen xalqaro xavfsizlik konferensiyasida Donald Trampning Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini tugatish rejasini taqdim etmasligini aytgandi.
Mavzuga oid

23:00 / 10.03.2025
FXX ukrainaliklarning Rossiya kirishini 50 yilgacha taqiqlashni boshladi

22:00 / 10.03.2025
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32 / 10.03.2025
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

16:59 / 10.03.2025