Unda ta’kidlanishicha, 2024 yilda Turkistonga kelgan xorijlik sayyohlar soni 45 foizga oshgan.
Ye-qonaq tizimiga ko‘ra, 2024 yilda viloyatga 21 ming 121 nafar xorijlik sayyoh kelgan. Xorijiy sayyohlarning mazkur hududga tashrif buyurishi bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolari yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda Rossiya, Xitoy, Turkiya, Qirg‘iziston fuqarolari qayd etilgan.
"Xususan, o‘tgan yili Turkiston viloyati O‘zbekistondan 10 ming 852 nafar, Rossiyadan 1411 kishi, Xitoydan 983 nafar, Turkiyadan 744 nafar, Qirg‘izistondan esa 435 nafar sayyoh keldi. Joriy yil sayyohlar oqimini yanada oshirish rejalashtirilgan", – deb yozgan "Kazinform" XAA.