“Parranda boqish – daromad topish” loyihasi amalga oshiriladi

O‘zbekiston 10:07 4434

Hujjatga ko‘ra, parrandachilik sohasida aholi xonadonlari bilan kooperatsiya asosida ishlash tizimini moliyalashtirish uchun 2025 yil 1 fevralga qadar Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 50 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lari “Mikrokreditbank” ATBning ustav kapitalini oshirishga yo‘naltiriladi.

Mazkur mablag‘lar hisobiga respublikaning barcha hududlarida parrandachilikning go‘sht va tuxum yo‘nalishida kooperatsiya tizimi asosida 1 million aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha “Parranda boqish – daromad topish” loyihasi amalga oshiriladi. 

Ushbu loyiha aholi bandligini ta’minlash maqsadida kam quvvatda ishlayotgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, tijorat banklari balansidagi xo‘jaliklarni salohiyatli yirik korxonalarga biriktirish, ishlab chiqarish va qayta ishlash tarmoqlari o‘rtasida kooperatsiya tizimini tashkil etish hamda yangi loyihalarni ishga tushirish hisobiga amalga oshiriladi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda “Mikrokreditbank” ATB kredit mablag‘lari hisobiga kooperatsiya tizimi asosida parrandachilik loyihalarini amalga oshirish tashabbusini ko‘rsatgan xonadonlar ro‘yxatini shakllantirishi lozim.

Ko‘proq yangiliklar: