Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga AQSh Savdo palatasi delegatsiyasi tashrif buyuradi
Mamlakat elchixonasi tomonidan AQSh Savdo palatasi (US Chamber of Commerce) bilan birgalikda O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Foto: "Dunyo" AA
Tadbirda Marriott International, Inc., Citi, Global Data Risk, British Petroleum, Sierra Nevada Corporation, RTX, International Investment Center va boshqa yetakchi kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.
Unda O‘zbekiston va AQSh kompaniyalari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda ishbilarmonlik aloqalarini yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi. AQSh Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasining O‘zbekistondagi biznes-missiyasini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
AQSh Savdo palatasining Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Turkiya bo‘yicha katta vitse-prezidenti Xush Choksi yaqin kelajakda Amerikaning 20 ga yaqin kompaniyalari rahbarlaridan iborat delegatsiyaning qo‘shma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun O‘zbekistonga safari rejalashtirilganini ma’lum qildi.
Amerika tomoni, shuningdek, o‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlikni mustahkamlashga va AQSh investitsiyasini mamlakatga faol jalb etish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga tayyorligini bildirdi.
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish masalasi bo‘yicha AQSh bilan ikki tomonlama muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanganiga alohida e’tibor qaratildi. "Ushbu muhim voqea O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy aloqalarini sezilarli darajada mustahkamlaydi va xorijiy investorlar uchun yangi ufqlarni ochadi. Shuningdek, biznes sheriklik aloqalarini kengaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi", dedi Xush Choksi.
Anjuman davomida tog‘-kon sanoati, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, qurilish va infratuzilma loyihalari, shuningdek, mashinasozlik kabi asosiy yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilar O‘zbekistonda xorijlik sarmoyadorlarga berilayotgan keng biznes imkoniyatlariga katta qiziqish bildirdi va ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
Tadbir doirasida V2V shaklidagi muzokaralar uyushtirildi. Unda aniq loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida 2025 yilning birinchi yarmida AQSh Savdo palatasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43
-
Rossiya hududlari ishchi kuchi tanqisligi tufayli migrantlarini qaytara boshladi
Jahon | 16:30
-
Toshkentda 7 nafar bola uydagi hovuzda cho‘kdi
O‘zbekiston | 16:09
Mavzuga oid

09:34
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi

19:55 / 11.07.2025