Farg‘ona, Andijon va Navoiyda fuqarolarni xorijga ishga yuborishini aytib pul olgan shaxslar ushlandi

Jamiyat 16:00 / 02.02.2025 2136

Qo‘qon va Navoiy shaharlari, Oltinko‘l hamda Izboskan tumanlarida xorijga ishga yuborishini aytib, fuqarolardan pul olayotgan shaxslar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Qo‘qon shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.A. fuqaro A.G‘.ning ishonchiga kirib, uni va xotinini tanishlari yordamida Koreyaga ishga yuborishini aytib, evaziga 12 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi departamentning Oltinko‘l tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.O. fuqaro G.I.ning ishonchiga kirib, uni 15 500 dollar evaziga Amerikaga ishga yuborishini aytib, kelishilgan puldan 4 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Izboskan tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.A. fuqaro N.X.ning ishonchiga kirib, uni va xotinini Latviyaga ishga yuborishini aytib, evaziga 4 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Navoiy shahar bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.-c.” MChJ boshqaruvchisi O.O‘. fuqaro A.F.ning ishonchiga kirib, uni Germaniyaga ishga yuborishi evaziga fuqaro A.B. orqali 2 200 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: