Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WP: Trampga qarshi ishlar bilan shug‘ullangan FTB agentlari ishdan bo‘shatilishi mumkin
AQSh bosh prokuror o‘rinbosari Emil Bove Federal tergov byurosining kamida sakkiz nafar xodimini lavozimdan olishni buyurdi. Shuningdek, byuroning minglab xodimlari ishi ustidan keng ko‘lamli tekshiruvlar o‘tkaziladi.

Foto: McCoy for The Washington Post
AQSh administratsiyasi prezident Donald Trampga qarshi ishlar bilan shug‘ullangan Federal tergov byurosi (FTB) xodimlarini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Washington Post o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bosh prokuror o‘rinbosari Emil Bove FTBning yuqori lavozimli kamida sakkiz nafar xodimini lavozimdan olishni va byuroning minglab xodimlari ishi ustidan keng ko‘lamli tekshiruvlar o‘tkazishni buyurgan. Ular orasida Kapitoliyda yuz bergan tartibsizliklarni tergov qilgan xodimlar ham bor.
WP’ning yozishicha, Kapitoliy tartibsizliklarida faol ishtirok etgan FTBning Vashington byurosi direktori yordamchisi Devid Sandberg ham lavozimidan ayriladi. Ta’kidlanishicha, FTB xodimlari bir necha kun ichida iste’foga chiqmasa, ishdan olinadi.
Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Adliya vazirligi, shuningdek, maxsus prokuror Jyek Smit tergovida ishtirok etgan FTBning boshqa o‘nlab agentlarini ham ishdan bo‘shatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. U Trampga qarshi ikkita ishni olib borgan — 2020 yilgi saylovlarga aralashishga urinish va maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlash.
Smitning o‘zi yanvar o‘rtalarida iste’foga chiqqandi. AQSh Adliya vazirligida tozalash ishlari 27 yanvardan, Donald Tramp lavozimga kirishganidan bir hafta o‘tib boshlangan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Idish yuvish gubkasi: hojatxona tagligidan 456 baravar ko‘p bakteriya saqlaydigan oshxona buyumi haqida nimalarni bilasiz?
Jamiyat | 17:19
-
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston | 17:16
-
“Bir yarim yilda 28 ta topshirish punkti ochildi”: Uzum Market tarmog‘i tez o‘sish davrini boshdan kechirmoqda
O‘zbekiston | 17:00
-
Rossiyaning yagona aviatashuvchi kemasi utilizatsiya qilinishi mumkin
Jahon | 16:42
Mavzuga oid

14:49
Tramp Rossiya bo‘yicha «muhim bayonot» berishini aytdi

14:46
Reuters: AQSh Trampning buyrug‘i bilan birinchi marta Ukrainaga qurol yuboradi

12:30
Mers: Germaniya Ukraina uchun AQShdan Patriot tizimlarini sotib olishga tayyor

11:21