Muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi O‘zbekiston-Polsha hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Polsha kompaniyalarining jadal rivojlanayotgan O‘zbekiston bozoriga kirishga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib borayotganiga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar 2025 yil fevral oyi oxirida Toshkent shahrida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Polsha hukumatlararo komissiyasining 8-yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tadigan biznes-forumni yuqori darajada tashkil etish muhimligini ta’kidladilar.
Muzokaralar yakunida O‘zbekistonda Polsha Investitsiyalar va savdo agentligi vakolatxonasini ochish bo‘yicha ishlarni yanada jadallashtirishga kelishib olindi.
Ushbu qadam ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda muhim omil bo‘lishi ta’kidlangan holda, polshalik ishbilarmonlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi qayd etildi.