Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston benzin va dizel yoqilg‘isi eksportini taqiqladi
Ichki bozorda xomashyo taqchilligining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar joriy etilmoqda.

Foto: gov.kz
Qozog‘iston hukumati o‘z hududidan temiryo‘l va avtomobil yo‘llari orqali benzin va dizel yoqilg‘isini uchinchi davlatlarga, jumladan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOI) mamlakatlariga eksport qilishni taqiqladi.
29 yanvardagi «Qozog‘iston Respublikasi hududidan neft mahsulotlarini eksport qilishning ayrim masalalari to‘g‘risida»gi qaror bilan ichki bozorda xomashyo taqchilligining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar joriy etilmoqda.
Hujjatga ko‘ra, xomashyoni temiryo‘l orqali olib chiqishni taqiqlash 2025 yilning 1 fevralidan 29 martigacha amal qiladi. Biroq, bu rejalashtirilgan yetkazib berish bo‘yicha, shuningdek tabiiy ofatlar, avariyalar yoki falokatlarning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida ko‘rsatiladigan insonparvarlik yordami doirasida amalga oshirilayotgan neft mahsulotlarini eksport qilishga tatbiq etilmaydi.
2024 yil 29 sentabrdan avtomobil yo‘lida respublikadan benzin va dizel yoqilg‘isi olib chiqishga taqiq joriy qilingan edi. Faqat moylash materiallari va transport vositalari bakidagi yoqilg‘i, tadqiqot maqsadlari uchun aviatsiya kerosini, insonparvarlik yordami doirasida yetkazib beriladigan neft mahsulotlari istisno qilindi. Taqiq 29 martgacha amal qiladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22
-
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 22:40
-
Trampdan yangi dedlayn – 50 kun. Bu nima degani?
Jahon | 22:31
Mavzuga oid

20:58
Birjada Ai-80 benzini narxi tarixiy maksimumga yetdi

11:06
Toshkent viloyatida sifatsiz benzin sotgan zapravkaga nisbatan chora ko‘rildi

13:57 / 11.07.2025
O‘zbekiston ilk bor sofligi 99,9 foiz bo‘lgan reniy metallini eksport qildi

11:33 / 10.07.2025