Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston import bozorida elektromobil va gibrid avtomobillar yetakchilik qilmoqda
Ukrainaning Open4business va Fixygen yangiliklar portallarida O‘zbekistonning avtomobil importiga bag‘ishlangan maqolalar e’lon qilindi.
Mazkur nashrlarda ma’lum qilinishicha, 2024 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ilk bor benzinda yuruvchi avtomobillarga nisbatan elektromobillar va gibrid shakldagi avtomobillar importi ustunlik qilgan.
Qayd etilishicha, bir yil ichida mamlakatga umumiy qiymati 1,9 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan 80 ming 235 ta yengil avtomobil olib kelingan. Bu ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan 7 foizga kam.
"Benzin dvigateliga ega avtomobillar importi 36,3 foizga kamayib, 32 ming 928 tani tashkil etdi. Import qilingan benzinda yuruvchi avtomobillarning ulushi esa 64,4 foizdan 44,2 foizga tushgan, – deb xabar bergan Ukraina OAV. – Gibrid avtomobillar importi 42 foizga oshib, 17 ming 480 taga yetgan. Ularning jami importdagi ulushi 15,3foizdan 23,4 foizga oshdi".
Ta’kidlanishicha, import qilinayotgan elektromobillarning o‘rtacha narxi deyarli uch baravarga arzonlashgan. Gibrid avtomobillar narxlari ham biroz arzonlashgan, - ularning o‘rtacha narxi 17,6 foizga tushgan. Benzinda ishlaydigan avtomobillar narxida pasayish 6 foizni tashkil etdi.
"Ekologik transportga o‘sib borayotgan talab soliq va bojxona imtiyozlari bilan rag‘batlantirilmoqda. Elektromobillar importi aksiz, bojxona to‘lovlari va avtomobil yig‘imlaridan ozod qilingan. Elektr va gibrid shakldagi avtomashinalardan foydalanuvchi taksi haydovchilari 2030 yilgacha litsenziya yig‘imlaridan ozod qilingan", – deb yozgan Ukraina elektron nashrlari.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
6 oyda eksport qilingan mevalarning qiymati ma’lum qilindi
Iqtisodiyot | 11:33
-
Estoniya NATO qaroriga muvofiq mudofaa xarajatini oshiradi
Jahon | 11:02
-
Tramp Moldova va yana yetti davlatga bojlar joriy qilmoqda
Jahon | 10:39
-
Rossiya Kiyevga dronlar va ballistik raketalar bilan hujum qildi
Jahon | 10:20
Mavzuga oid

13:56 / 09.07.2025
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar haqida ma’lum qildi

15:34 / 04.07.2025
Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash tartibi tasdiqlandi

19:40 / 28.06.2025
O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 2 ming tonna «halol» ot va qo‘y go‘shti sotib oladi

15:30 / 04.06.2025