O‘zbekiston | 20:03 / 29.01.2025
2656
1 daqiqa o‘qiladi

Azerbaijan Airlines Samarqandga parvozlarni tiklaydi

Qatnovlar 1 apreldan boshlab, haftasiga 2 marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Foto: Aze.Media

Azerbaijan Airlines (AZAL) aviakompaniyasi Boku-Samarqand yo‘nalishidagi qatnovlarni tiklaydi.

Parvozlar 1 apreldan boshlab, haftasiga 2 marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bunda Embraer E190 samolyotlaridan foydalaniladi.

AZAL avval 2023 yil avgustgacha Samarqandga parvozlarni amalga oshirgan edi.

Mavzuga oid