Ayrim xorijiy mutaxassislarni jalb qilganlik uchun to‘lov undirilmaydi
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: Freepik
Qo‘shimchalar O‘zbekiston hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma pasportiga kiritildi. Tasdiqnomani olish uchun arizaga:
O‘zbekiston prezidentining 2024 yil 7 avgustdagi PQ-286-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning ro‘yxatida ko‘rsatilgan sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy mutaxassislar sifatida jalb qilingan chet el fuqarolari uchun — mutaxassisni jalb qilinganligini tasdiqlovchi hujjatni;
nufuzli xalqaro brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislar uchun — nufuzli xalqaro brend tashkilotida faoliyat yuritayotganligini tasdiqlovchi hujjatni ilova qilish kerak. Tasdiqnoma berilgani uchun to‘lov undirilmaydi.
Brend sheriklari va milliy brend egalari tomonidan mutaxassislar sifatida jalb qilingan xorijiy fuqarolar uchun O‘zbekiston hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjatning amal qilish muddati shartnoma muddatiga, biroq uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga belgilanadi.
Shuningdek, Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan qo‘shimchaga ko‘ra, maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yuridik shaxs elektron onlayn-auksion savdolari natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan taqdirda qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

10:42 / 01.05.2025
Mahalliy korxonalar mutaxassislari xorijda malaka oshiradi

11:30 / 08.04.2025
Raqobat qo‘mitasi avtoturargohlardagi noqonuniy to‘lovlar haqida xabar berishga chaqirdi

15:36 / 20.03.2025
21−22 mart kunlari elektr energiyasi uchun onlayn to‘lov qilishda uzilishlar bo‘ladi

17:50 / 01.03.2025