AQSh Eronning neft sanoatini borgan sari ko‘proq iskanjaga olmoqda
AQShning qattiq sanksion bosimi Eron iqtisodiyotiga og‘ir zarba bo‘lmoqda. Donald Tramp Oq uyga qaytganidan keyin Vashingtonning Tehronga nisbatan siyosati yanada keskinlashib, mamlakatni moliyaviy va siyosiy jihatdan borgan sari ko‘proq izolyatsiya qilishga qaratildi, deb yozadi The Economist.

Foto: AFP
So‘nggi oylarda AQSh Eronning neft tankerlarini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritib, Eron neftining asosiy xaridori bo‘lgan Xitoyga yetkazilishiga to‘sqinlik qilishga urinmoqda. Natijada Eronning kunlik neft eksporti 1,3 million barrelgacha tushib ketdi, bu – avvalgi sotuv hajmlaridan keskin kamayishni anglatadi.
AQSh nafaqat Eron tankerlarini, balki ularga xizmat ko‘rsatuvchi Xitoy portlarini ham nishonga olmoqda. Natijada Xitoydagi ko‘plab neftni qayta ishlovchi korxonalar arzon Eron neftidan voz kechishga majbur bo‘ldi.
Sanksiyalarni chetlab o‘tish juda qiyin bo‘lmoqda. “Soyadagi flot” deb ataluvchi neft tashuvchi tankerlar hozirda Rossiya tomonidan faol ishlatilayotgani uchun Eronda bunday imkoniyat kam. Sanksiyaga uchragan tanker o‘rniga boshqasidan foydalanishga o‘tish jarayoni ham ko‘p vaqtni talab etadi, bu esa Eronni neft savdosida yanada zaiflashtirib qo‘ymoqda.
Sanksiyalarning kuchayishi, boshqa tomondan, mintaqaviy xavfsizlikka tahdid uyg‘otishi mumkin. Eron bunga javoban jahon neft savdosida muhim o‘rin tutadigan Hurmuz bo‘g‘ozini yopib qo‘yishi ehtimoli bor. Lekin bu o‘ta xatarli qadam bo‘lib, jahon energetika bozorini izdan chiqarishi va AQSh tomonidan keskin harbiy javobga olib kelishi mumkin.
The Economist'ning yozishicha, AQSh Eronga maksimal bosim o‘tkazishga harakat qilmoqda, lekin bu siyosat xatarsiz emas. Qarama-qarshiliklar Yaqin Sharqdagi vaziyatni yanada beqarorlashtirishi va global xavfsizlikka ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Mavzuga oid

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:41 / 07.03.2025
Tramp Eron yetakchisiga yadroviy dastur bo‘yicha bitim tuzishni taklif qildi

19:05 / 04.03.2025