Serbiya bosh vaziri iste’foga chiqishini e’lon qildi
Serbiya bosh vaziri Milosh Vuchevich iste’foga chiqadi. U 2024 yilning kuzidan beri davom etib kelayotgan norozilik namoyishlari tufayli shunday qaror qabul qildi.

Foto: AFP
Navbatdan tashqari matbuot anjumanida Vuchevich o‘z mandati davomida amalga oshirilgan barcha ishlardan, xususan, mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti sohasida erishilgan natijalardan g‘ururlanishini ta’kidlagan. «Novi-Saddagi ulkan fojia soya soldi va shundan buyon Serbiya ushbu halokatga bog‘lanib qolgandek», — deydi Vuchevich.
Vuchevichning so‘zlariga ko‘ra, jamiyatda yuzaga kelgan bo‘linish chegara sabab boshlangan, Novi-Sad vokzalidagi voqeadan esa «siyosiy jinoyatda» foydalanilgan. Vuchevichning ma’lum qilishicha, Novi-Sad meri Milan Durich ham bugun iste’foga chiqadi.
Vuchevich 2024 yil mayda Serbiya bosh vaziri etib tayinlangan edi, bunga qadar bosh vazir o‘rinbosari, mudofaa vaziri va Novi-Sad meri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Serbiyada 2024 yilning kuzidan beri namoyishlar davom etmoqda — bunga Novi-Sad shahridagi temiryo‘l vokzali binosi tomining qulashi sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi jiddiy jarohat olgan edi. Norozilik namoyishi ishtirokchilari shundan buyon mas’ullarni javobgarlikka tortish va mamlakat hukumatining, jumladan, prezident Aleksandr Vuchichning ham iste’fosini talab qilib kelmoqda.
Mavzuga oid

19:18 / 04.03.2025
Serbiyada muxolifat parlament yig‘ilishida tutun chiqaradigan shashkalarni uloqtirdi. Uch deputat jarohat oldi

12:54 / 25.01.2025
Serbiyada Novi-Saddagi fojia tufayli minglab kishilar namoyishga chiqdi

20:53 / 11.01.2025
Ozarboyjon Serbiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi

14:30 / 01.01.2025