Abdulaziz Komilov Polshaning yuqori lavozimli mansabdorlari bilan muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Polshada bo‘ldi.

Foto: dunyo.info
O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif davomida Polsha Senati raisi o‘rinbosari Mixal Kaminski, Seym vitse-spikeri Vlodimej Chajastiy, Milliy xavfsizlik byurosi rahbari o‘rinbosari Dariush Lukovski, Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Vladislav Bartoshevki, Mudofaa vazirligi davlat kotibi, "Polsha-O‘zbekiston" parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Pavel Beyda hamda Investitsiyalar va savdo agentligi prezidenti Andjyey Dixa bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralarda o‘zbek-polyak ikki tomonlama hamkorligining joriy holati va istiqbollari, jumladan, siyosiy, parlamentlararo, xavfsizlik, mudofaa va savdo-iqtisodiy sohalaridagi munosabatlarni yanada kengaytirish imkoniyatlari batafsil muhokama qilindi.
2025 yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama tadbirlar va tashriflardan iborat boy kun tartibi, jumladan, Polshaning Yevropa Ittifoqi Kengashida raisligi doirasidagi tashabbuslar ko‘rib chiqildi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tomonlar O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlarni belgilab oldi hamda 2025 yil ikki tomonlama hamda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi aloqalarga yangi sur’at bag‘ishlovchi tarixiy yil bo‘lishiga umid bildirdilar.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqining Global Gateway tashabbusi doirasidagi imkoniyatlar va Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi kabi infratuzilma loyihalarini rivojlantirishning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid

22:44 / 07.03.2025
Polshada barcha erkaklar harbiy yig‘inlardan o‘tishi majburiy bo‘ladi

17:09 / 20.02.2025
Polsha Ukrainaga qo‘shin yuborish niyatida emas

13:53 / 18.02.2025
Tusk: Polsha Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarini yubormaydi

11:03 / 17.02.2025