Muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Rossiya hududlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalar kengayib borayotganligini yuqori baholadi. Rostov oblastining sanoat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi salohiyatini inobatga olib, mazkur yo‘nalishlarda hududlararo sheriklikni yanada rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
O‘zbekiston vakili hududlar eksport imkoniyatlarini hisobga olib, Rostov oblasti uchun kerakli mahsulotlar importini tashkil etish masalasida amaliy ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.
Vazir Maksim Papushenko o‘z navbatida, Jizzax va Rostov oblastlari o‘rtasida imzolangan hamkorlik bitimi, shuningdek, Rostov oblasti gubernatori boshchiligidagi delegatsiyaning 2024 yil sentabr oyida O‘zbekistonga qilgan tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar doirasida oblastda O‘zbekiston agrosanoat habini yaratish muhimligini ta’kidladi.