Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar taqiqi o‘ziga tegishli emasligini aytdi
Ukraina prezidenti avvalroq Rossiya bilan muzokara olib borishni taqiqlagan edi. Bu qaror shaxsan o‘ziga emas, boshqalarga tegishli ekanini aytdi.

Foto: AFP
Rossiya bilan muzokara olib borishni taqiqlash haqidagi qaror Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga tegishli emas. Bu haqda Kiyevda Moldova prezidenti Mayya Sandu bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida bayonot berildi.
Ukraina rahbari 2022 yil 4 oktyabrda Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining mamlakatdagi separatizm tufayli Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazish mumkin emasligi haqidagi qarorini kuchga kiritganini aytdi.
«Nega men bu farmonga imzo chekdim? Chunki Putin Ukrainaga, mustaqilligimizga va menga bevosita ta’sir o‘tkazish uchun separatistlar bilan, boshqa davlatlar vakillari bilan birgalikda juda ko‘p turli xil [aloqa kanallarini] juda tez qura boshladi. Ko‘plab muzokara jarayonlari, ko‘plab xufyona siyosiy yo‘laklar bo‘ldi», dedi u.
Zelenskiy so‘zlariga ko‘ra, u «har qanday siyosiy arbobga» Rossiya tomoni bilan muzokaralar olib borishni taqiqlab, Ukrainadagi separatizmni to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan.
«Men mutlaqo adolatli qaror qabul qildim. Men Ukraina prezidentiman, men har qanday muzokara rahbariman va boshqalarga buni man qilganman. Albatta, bu Putinga yoqmadi, chunki uning ko‘plab kanallari bor edi», deb qo‘shimcha qildi u.
Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi qarori matnida «Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar olib borishning iloji yo‘qligi» bayon etilgan. U yerda hech qanday istisnolar ko‘rsatilmagan.
Mavzuga oid

01:23
«Rossiyaning navbatdagi manipulyatsiyalari». Zelenskiy Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga bergan javobini izohladi

23:00 / 13.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi

21:18 / 13.03.2025
Putin: Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga ba’zi shartlarda tayyor

18:12 / 13.03.2025