Jahon | 19:02 / 26.01.2025
5432
2 daqiqa o‘qiladi

Ilon Mask La-Mansh bo‘g‘ozi nomini o‘zgartirishni taklif qildi

Tadbirkor bo‘g‘ozga AQSh birinchi prezidenti Jorj Vashington nomini berishni taklif qildi.

Foto: AFP

Amerikalik milliarder va AQSh prezidenti Donald Trampning yaqin hamkori Ilon Mask Angliya va Fransiyani ajratib turuvchi La-Mansh bo‘g‘ozi nomini o‘zgartirishni taklif qildi.

Mask bo‘g‘ozga AQSh birinchi prezidenti Jorj Vashington nomini berishni taklif qildi. U, shuningdek, yangicha nomlangan bo‘g‘oz xaritasini e’lon qildi.

«Angliya va Fransiyani ajratib turuvchi bo‘g‘ozning yangi nomi», deb izoh qoldirdi Mask.

La-Mansh yoki Angliya kanali - Fransiya qirg‘oqlari va Buyuk Britaniya oroli o‘rtasidagi bo‘g‘oz. Pa-de-Kale bilan birgalikda Shimoliy dengizni Atlantika okeani bilan bog‘laydi. La-Mansh bo‘g‘ozning fransuzcha nomi bo‘lib, kamida XVII asrdan beri qo‘llanadi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp qaroriga ko‘ra, Meksika ko‘rfazi nomi Amerika ko‘rfazi deb o‘zgartirildi. Shuningdek, Shimoliy Amerikadagi eng baland tog‘ Denali nomiga MakKinli nomi qaytarildi.

Mavzuga oid