Jahon | 01:00 / 26.01.2025
6058
3 daqiqa o‘qiladi

G‘arbiy sohilda Isroil ozod qilgan falastinliklar tantana bilan kutib olindi - video

Isroil HAMAS bilan tuzilgan sulh doirasida ozod etgan 114 nafar mahbus uchta avtobusda Ramalloh shahriga yetib keldi. Qolgan falastinliklar Misr va G‘azo sektorida kutib olindi.

Foto: Reuters

Isroil HAMAS bilan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi doirasida ozod etilgan 114 nafar falastinlikni G‘arbiy Sohildagi Ramalloh shahriga yubordi, deb xabar beradi Al Qahera.

Isroil qamoqxona xizmatining ma’lum qilishicha, umumiy hisobda 200 nafar falastinlik mahbus ozod etilgan. Ramalloh shahriga yuborilganlardan tashqari yana 70 kishi Misrga, 16 kishi esa G‘azo sektoriga jo‘natilgan.

O‘z navbatida HAMAS Qizil xoch jamiyatiga garovga olingan to‘rt nafar isroillik ayolni topshirgan. Naami Levi, Karina Ariyev va 20 yoshli Daniel Gilboa va 19 yoshli Liri Albag ozodlikka chiqdi. Ularning barchasi harbiy xizmatchilar bo‘lib, 2023 yil 7 oktyabrda HAMAS tomonidan Isroilga qilingan hujumda qo‘lga olingan.

Ozod qilingan mahbuslar avtobuslardan chiqayotganda baland hayqiriqlar bilan kutib olingan. «Xudoga shukur! Bu ajoyib hissiyot, men buni tasvirlab bera olmayman! Qamoqxonada 6 yil va 2 oy o‘tirdim», — deydi ozod etilgan Bakker Kvaavish.

Isroilda hibsda saqlangan va bugun ozod etilgan mahbuslarning eng yoshi — 16 da, eng kattasi esa 69 yoshli Muhammad al-Tousudir. U 1985 yilda Isroil qo‘shinlariga qarshi kurash vaqtida hibsga olingan 39 yildan beri qamoqda o‘tirgan. Ta’kidlanishicha, ozod etilganlarning 121 nafari umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan bo‘lgan.

Nazvaniye

19 yanvar kuni isroillik garovga olinganlarni falastinlik mahbuslarga birinchi almashish bo‘lib o‘tgandi. HAMAS isroillik uch nafar ayolni ozod qilgan. Guruh G‘azo shahridagi Saraya maydonida garovga olinganlarni Qizil Xoch jamiyatiga topshirgan. Kelishuv doirasida Isroil 20 yanvarga o‘tar kechasi 90 nafar falastinlik mahbusni qamoqdan ozod qilgan edi.

Umumiy hisobda HAMAS tomonidan ushlab turilgan 97 nafar isroillikdan 33 nafari 6 hafta ichida ozod etilishi kerak. Garovga olingan har bir fuqaro uchun Isroil 30 nafar falastinlikni, garovga olingan har bir harbiy uchun esa 50 nafar falastinlikni ozod qiladi.

Mavzuga oid