Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serbiyada Novi-Saddagi fojia tufayli minglab kishilar namoyishga chiqdi
Serbiyada «umumiy ish tashlash» kuni ko‘plab kafelar, do‘konlar, maktablar va teatrlar yopiqligicha qoldi. Namoyishchilar Novi-Sad vokzali tomining qulashi uchun aybdorlar javobgarlikka tortilishini talab qilmoqda.

Foto: Darko Vojinovic/AP/picture alliance
24 yanvar, juma kuni minglab talabalar va maktab o‘quvchilari yana Belgrad ko‘chalariga chiqib, 2024 yil noyabrida Novi-Sad temiryo‘l vokzali tom qismining qulashi uchun aybdorlarni siyosiy va jinoiy javobgarlikka tortishga chaqirdi.
AFP agentligi xabariga ko‘ra, namoyishchilar «Umumiy ish tashlash», «O‘zgarish biz bilan birga bo‘ladi», «Tizim sizga yolg‘on gapirmoqda» va boshqa shu kabi shiorlar yozilgan bannerlarni ko‘tarib olgan. 24 yanvar kuni Serbiya poytaxtidagi ko‘plab do‘kon va kafelar yopiq qolib, «umumiy ish tashlash»ga qo‘shildi. O‘qituvchilar namoyishni qo‘llab-quvvatlagani va ko‘plab ota-onalar o‘z farzandlarini uyda ushlab turgani sababli ko‘plab maktablar darslarni bekor qildi. Teatr va kinoteatrlar ham yopildi.
Novi-Sad vokzalida tom qulashi
1 noyabr kuni Novi-Saddagi markaziy vokzalning yangi ta’mirdan chiqarilgan binosida beton soyabon qulab tushdi. 6 yoshdan 74 yoshgacha bo‘lgan 15 kishi qurbon bo‘ldi.
Fojiali voqeadan ko‘p o‘tmay Belgradda norozilik namoyishlari boshlandi, vaqt o‘tishi bilan ular Serbiyaning boshqa shaharlariga ham tarqaldi. Ularning ishtirokchilari aybdorlarning jazodan qutulib qolishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. Namoyishchilar Novi-Sad meri va mamlakat bosh vaziri Milosh Vuchevichning iste’fosini talab qildi.
Ayni paytda, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich norozilik namoyishlaridan xavotirda emasligini aytdi. «Men siz bilan ochiq gaplashmoqchiman. Menga unchalik farqi yo‘q. Siz xohlagan narsani qilishingiz mumkin», — deya uning so‘zlarini keltiradi AFP.
Serbiyadagi namoyishchilar Novi-Saddagi fojiaga korrupsiya va qurilish buyurtmalarini qarindoshlarga tarqatish sabab bo‘lgan deb hisoblamoqda, deya xabar beradi agentlik.
Novi-Saddagi temiryo‘l vokzalining qurilishi ushbu uchastkada Belgrad va Budapesht o‘rtasida temiryo‘l liniyasini yotqizayotgan Xitoy kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qashqadaryodagi gaz zapravkasida katta yong‘in chiqdi
O‘zbekiston | 15:59
-
Salqinlikni saqlab qoling: yoz kunlarida xonadonda energiyani tejash bo‘yicha 10 maslahat
Jamiyat | 15:18
-
Eskalatorlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament tasdiqlanadi
O‘zbekiston | 15:05
-
Ayrim holatlarda xavfli pirotexnikadan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:00
Mavzuga oid

11:16 / 08.07.2025
O‘zbekistonning Serbiyadagi elchisi tayinlandi

14:51 / 29.06.2025
Serbiyada talabalar norozilik namoyishlari vaqtida tartibsizlik ro‘y berdi. O‘nlab odam hibsga olindi

14:44 / 26.06.2025
Serbiyada 6 kishi davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumonlanib hibsga olindi

14:05 / 12.06.2025