Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qon davlat pedagogika institutining 3-qavatdan o‘zini tashlagan talabasi vafot etdi
Prokuratura surishtiruv natijalariga ko‘ra, mazkur holat shaxsiy muammolar sababli sodir bo‘lgani aniqlangan va jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan.

Foto: Kun.uz
Dekabr o‘rtalarida talaba Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabalar turar joyining 3-qavatidan o‘zini pastga tashlagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, og‘ir tan jarohati olgan talaba qizga tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramay, vafot etgan.
Prokuratura surishtiruv natijalariga ko‘ra, mazkur holat shaxsiy muammolar sababli sodir bo‘lgani aniqlangan va jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan. Shuningdek, bunday holatlarning oldini olish maqsadida suitsidga qarshi profilaktika ishlarini kuchaytirish tavsiya etilgan.
«Marhuma qizning dafn marosimi yaqinlari ishtirokida o‘tkazildi. Institut rahbariyati oilasiga moddiy-ma’naviy yordam ko‘rsatib, og‘ir kunlarda ular bilan birga bo‘ldi», — deyiladi vazirlik xabarida.
Hozirda talabalar turar joylarida xavfsizlikni ta’minlash uchun maxsus qoidalar joriy etilgan, kunlik nazorat va psixologik ko‘mak yo‘lga qo‘yilgan. Talabalar bilan keng qamrovli suhbatlar o‘tkazilib, ularning fikrlari o‘rganilgan.
Eslatib o‘tamiz, Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabalar yotoqxonasidagi qizlar xonasiga yashirin kamera o‘rnatgani ortidan jamoatchilik e’tiboriga tushgandi. O‘shanda institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O.B. MJtKning 46-1-moddasida (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, 4,5 mln so‘m miqdorda, institutning ta’lim texnologiyalari markazi xodimlari A.M., B.O. va bo‘lim boshlig‘i R.M. ham ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilib, 3 mln so‘m (har biri) jarima jazosiga tortilgandi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada taniqli siyosatshunos Yekaterina Shulman sirtdan hibsga olindi
Jahon | 10:28
-
Germaniyada poyezd izdan chiqib ketdi, qurbonlar bor
Jahon | 10:23
-
O‘zbekiston-Vengriya maxsus industrial zonasi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:16
-
Rossiya Markaziy banki ketma-ket ikkinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
Jahon | 10:01
Mavzuga oid

13:13 / 24.07.2025
Nemis talabalari O‘zbekiston OTMda amaliyot o‘tashni boshlaydi

10:46 / 18.07.2025
18 nafar talabani imtihondan o‘tkazib berishini va’da qilgan universitet o‘qituvchisi ushlandi

21:14 / 12.07.2025
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi

21:00 / 01.07.2025