Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat sifati oshiriladi
“KfW banki (Germaniya Federativ Respublikasi) ishtirokidagi “Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini oshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: O‘zA
“Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini oshirish” loyihasi bo‘yicha quyidagilar tasdiqlandi:
- loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
- loyihani amalga oshirish doirasida KfW bankining qarzlarini qaytarish, shu jumladan, qo‘shimcha haq va foizlar to‘lashning prognoz jadvali;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati tibbiyot muassasalari uchun xarid qilinadigan tibbiy jihozlar taqsimoti;
- xarid qilinadigan maxsus avtotransport vositalarining hududlar bo‘yicha taqsimoti.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Loyihani o‘z vaqtida amalga oshirish hamda muvofiqlashtirish, grantlardan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Xaridlar markazi” davlat muassasasi Loyihani amalga oshirish doirasida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha yuk qabul qiluvchi kontragent hisoblanadi.
Adliya vazirligi O‘zbekiston va KfW banki o‘rtasida imzolangan qarz va grant bitimlari bo‘yicha yuridik xulosa beradi.
Mavzuga oid

14:24 / 06.06.2025
Orolbo‘yi iqlimida yog‘ingarchilikni modifikatsiyalash texnologiyalari joriy etiladi

10:30 / 02.06.2025
Qoraqalpog‘istonda iqlim muzeyi tashkil etiladi

20:52 / 15.03.2025
Germaniyada tibbiyot xodimi smenani «tinch o‘tkazish» uchun 9 kishini o‘ldirganlikda ayblandi

22:11 / 11.03.2025