Jamiyat | 19:00 / 22.01.2025
2076
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Ipoteka bank OTP Group: 2024 yilning 9 oylik moliyaviy natijalari

Ipoteka bank OTP Group - O‘zbekistondagi banklar o‘rtasida tizimli ahamiyatga ega muhim banklardan biri. 2024 yilning 3 choragi yakunlari bo‘yicha (IFRS hisobotlari asosida) bank mamlakatdagi eng yirik beshta bank qatoriga kirib, aktivlar bo‘yicha bozorning qariyb 7% ulushini egalladi. Shuningdek, 1.474 mlrd sof foyda keltirib, o‘z kapitalining rentabelligi 34% ni tashkil etdi.

Ipoteka krediti bozorining 25% ulushiga ega bo‘lib, moliyaviy barqarorlik, likvidlik va diversifikatsiyalangan kredit portfeli bilan ajralib turadi. 

Asosiy ko‘rsatkichlar:

  • Operatsion foyda hisobot davriga 2,194 mlrd so‘mga yetdi, shuningdek, xarajatlar va daromadlar nisbati (CIR) 33,8% tashkil etdi.
  • Chakana kreditlar yil boshidan beri 12,6% ga o‘sib, 22,604 mlrd so‘mga yetdi, mijozlar soni esa 1,7 mln kishini tashkil etdi.
  • Jami depozitlar hajmi 14,846 mlrd so‘mni tashkil qilib, bunda yil boshiga nisbatan o‘sish 26%ga, jumladan, jismoniy shaxslar depozitlari bo‘yicha 23%ga, korporativ depozitlar bo‘yicha esa 50% ga yetdi.
  • 2024 yil 9 oylik natijalari bo‘yicha jami aktivlar miqdori 47,525 mlrd so‘mga yetdi. Bunda moliyaviy aktivlar 82% ga o‘sib, 14,580 mlrd so‘mga yetdi.

Bank kapitali:

2024 yil boshidan jami kapital 19,5% ga o‘sib, 6,657 mlrd so‘mni tashkil qildi. Birinchi darajali kapital yetarlilik koeffitsiyenti 15%, umumiy kapital yetarlilik koeffitsiyenti 16,8% ni tashkil etdi.

Ipoteka bank OTP Group O‘zbekistondagi Yevropa Ittifoqidan kelgan birinchi bank sifatida barqaror rivojlanishni namoyon etib, investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalar orqali mamlakat iqtisodiyotini yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Reklama