Yaponiyalik keksa ayollar qashshoqlikdan qochish uchun qamoqxonaga tushishga urinmoqda

Jahon 11:32 4004

Yaponiyada keksa va yolg‘iz ayollar qashshoqlikdan qutulish uchun qamoqxonaga tushishga harakat qilmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiyada 65 yoshdan oshgan odamlarning 20 foizi qashshoqlik chegarasida yashaydi. Yolg‘iz ayollar uchun keksalikni qamoqxonada o‘tkazish ko‘chada och qolishdan yaxshiroq tanlovga aylangan. Mahbuslar oziq-ovqat, boshpana, shifokorlarning bepul yordami bilan ta’minlanadi, bir-birlari bilan muntazam muloqotda bo‘ladi, ozodlikda esa ularning do‘stlari ham, qarindoshlari ham yo‘q. Jazoni o‘tab chiqqan ayollar ozodlikka chiqqach, qamoqqa qaytish uchun yana jinoyat qiladi.

Tochigi ayollar koloniyasi xodimlari ushbu qamoqxona ko‘proq qariyalar uyiga o‘xshashini ta’kidladi. Ular keksa ayollarni ovqatlantirish, tibbiy xizmat ko‘rsatish, cho‘milishiga yordam berish va hatto tagliklarini almashtirishga majbur bo‘lmoqda.

“Bu yerda abadiy yashash uchun oyiga 130-190 dollar to‘lashga tayyor bo‘lgan odamlar ham bor”, — deydi Tochigi qamoqxonasi xodimi Takayesi Shiranaga.

Mahbuslar qamoqxonada ularga erkinlikdagi hayotdan ko‘ra ancha yaxshiroq qarashlarini tan oladi: tashqarida ularga hech kim yordam bermaydi, pul yetishmasligi tufayli ochlik va sovuqda yashashga majbur bo‘ladi. Qamoqxona xodimlari va mahalliy hokimiyat vakillari bu muammoni yolg‘iz pensionerlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish va uy-joy uchun subsidiyalar berish orqali hal qilish mumkin deb hisoblaydi.

Ko‘proq yangiliklar: