O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ga o‘tgach, eng ko‘p maosh oladigan o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi.
Jurnalist Narzulla Saydullayevning telegramdagi kanalida yozishicha, Abduqodir Husanovning Manchester klubidagi yillik maoshi taxminan 3,5 million yevroni tashkil qiladi.
20 yoshli himoyachining «shaharliklar» safidagi oylik maoshi 290 ming yevroni tashkil qilsa, haftalik maosh 67 ming yevro, kunligi 9,5 ming yevro demakdir.
Ma’lumot uchun, Husanov 40 mln yevro evaziga «Lans»dan «Man Siti»ga o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha o‘zbekistonliklar orasida eng ko‘p maoshli futbolchi Eldor Shomurodov sanalib, uning Rim klubi bilan 2026 yilga qadar imzolangan shartnomasiga ko‘ra, Eldorning yillik maoshi 2 mln yevroni tashkil qilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Endi Abduqodir Husanov 3,5 mln yevro maosh bilan bu borada peshqadamga aylandi.