Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp o‘lim jazosini davlat miqyosida qaytarmoqchi – OAV
Bayden davrida AQSh hududida o‘lim jazosiga federal darajada moratoriy e’lon qilingan edi. Tramp lavozimga kirishgan kunidayoq uni bekor qilishga va’da bergan.

Foto: AP
AQSh saylangan prezidenti Donald Tramp lavozimga kirishgach, federal darajada o‘lim jazosini tiklamoqchi, deb xabar berdi Reuters yangi ma’muriyat vakillariga tayanib.
Jo Bayden davrida qatllarga federal moratoriy joriy qilingan va 2021 yil iyul oyida bosh prokuror Merrik Garland tomonidan e’lon qilingan edi. Tramp saylovoldi tashviqoti vaqtida moratoriyni prezidentlik faoliyatining birinchi kunidayoq bekor qilishini aytdi.
Trampning birinchi muddatidan oldin (2017 yil yanvar - 2021 yil yanvar) federal hukumatlar kamdan-kam hollarda o‘lim jazosini amalga oshirgan. 2003 yildan 2020 yilgacha e’lon qilinmagan moratoriy bor edi. 2020 yilda federal hukumat 10 kishini (1896 yildan beri eng ko‘p) qatl qildi, bu barcha shtatlarni jamlagandan ko‘p.
AQSh Konstitutsiyasiga ko‘ra, har bir shtat o‘z jinoyat huquqiga ega. Yigirma uchta shtat va Vashington (Kolumbiya okrugi) o‘lim jazosini bekor qildi. Yigirma yetti shtat o‘lim jazosini qo‘llashda davom etmoqda, ammo so‘nggi besh yil ichida faqat 13 tasida qatl amalga oshirildi, jumladan Texas, Yuta, Janubiy Karolina, Alabama, Arkanzas, Florida va Jorjiya. Kaliforniya, Pensilvaniya, Oregon, Arizona, Ohayo va Tennessi shtatlarida qatlga moratoriy joriy qilingan.
2024 yil dekabr oyida Bayden o‘lim jazosiga hukm qilingan 37 mahbusning jazosini almashtirdi. Ularning o‘lim jazosi shartli ravishda ozod qilish imkoniyatisiz umrbod qamoq jazosi bilan almashtirildi. Tramp jamoasi Baydenning «dunyodagi eng yomon qotillar» bilan kurashish usulini qoraladi va respublikachining o‘zi Oq uyga qaytib kelgach, Adliya vazirligidan «amerikalik oilalarni shafqatsizlardan himoya qilish uchun o‘lim jazosini qat’iy talab qilishini aytdi».
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston-Britaniya yuridik assotsiatsiyasi tashkil etildi
O‘zbekiston | 14:14
-
Belarusda Tixanovskaya demokratik kuchlarining vakillari «terrorchilar» deb tan olindi
Jahon | 13:57
-
O‘zbekistonning issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga qo‘shadigan hissasi ortadi
O‘zbekiston | 13:53
-
Zaruratdan muvaffaqiyatgacha: Ayol uchun “Me‑time” qanchalik muhim?
Jamiyat | 13:47
Mavzuga oid

13:37
AQSh Ukrainaga ayrim turdagi qurollarni yetkazib berishni qayta tikladi

12:46
AQSh Isroilning asosiy tanqidchisi - Francheska Albanezeni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

10:39
Tramp Moldova va yana yetti davlatga bojlar joriy qilmoqda

22:34 / 09.07.2025