O‘zbekiston | 11:30 / 20.01.2025
1094
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Eron qo‘shma turizm qo‘mitasini tuzishni muhokama qilmoqda

O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eronning Madaniy meros, turizm va hunarmandchilik vaziri Seyyed Rizo Solehi Amiri bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA

Muloqot chog‘ida Eron tomoni so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari turli sohalarda rivojlanib borayotganini qayd etib, prezident Mas’ud Pezeshkiyon mamlakat bilan hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotganini e’tirof etdi.

Seyyed Rizo Solehi Amirining qayd etishicha, Eron prezidenti turizm sohasida O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda o‘zaro sayyohlar sonini oshirish kabi masalalarni aloqalarni taraqqiy ettirishda muhim deb biladi.

Muloqot davomida O‘zbekiston-Eron qo‘shma turizm qo‘mitasini tuzish hamda YuNeSKO doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Eron tomoni O‘zbekistonning turizm sohasi vakillarini joriy yil 11-14 fevral kunlari Tehronda o‘tkazilishi rejalashtirilgan 18-xalqaro turizm ko‘rgazmasiga taklif etdi.

Mavzuga oid