O‘zbekiston | 11:49 / 19.01.2025
21671
2 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways’ning yana bir samolyotida texnik nosozlik kuzatildi

Boeing 787 Dreamliner’da yuz bergan nosozlik tufayli samolyotning Jidda xalqaro aeroportidan Toshkentga uchib kelishi kechiktirildi.

Foto: Aziz Ishankhodjaev

Uzbekistan Airways’ning Toshkent-Jidda yo‘nalishida parvoz qilishi lozim bo‘lgan Boeing 787 Dreamliner samolyotida nosozlik kuzatilgan. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2025 yil 18 yanvar kuni Jidda xalqaro aeroportida samolyotning texnik nosozligi sababli HY336 reysi (Jidda - Toshkent yo‘nalishi) kechiktirilgan.

Aviakompaniyaning texnik mutaxassislari samolyotni tiklash bo‘yicha ish olib bormoqda. Parvoz jadvali haqidagi batafsil ma’lumot keyinchalik taqdim etiladi.

Yuqorida ko‘rsatilgan kechikish sababli faqatgina 2025 yil 19 yanvar kuni HY333/334 reyslari quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:

HY333 reysi:

Toshkentdan jo‘nash: 11:30

Dubayga yetib borish: 14:05

Mahalliy vaqt bo‘yicha

HY334 reysi:

Dubaydan jo‘nash: 15:30

Toshkentga yetib borish: 19:40

Mahalliy vaqt bo‘yicha

“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunishingizga umid qilamiz”.

Avvalroq, Uzbekistan Airways’ning 2025 yil 15 yanvar kuni Buxoro-Moskva yo‘nalishida parvoz qilayotgan samolyotida ham nosozlik yuz bergandi. Samolyot Vnukovo aeroportiga qo‘nayotganda uning dvigatelida nosozlik kuzatilgan. Shunga qaramasdan uchuvchilar samolyotni muvaffaqiyat bilan qo‘ndirishgandi.

Mavzuga oid