Samarqanddagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 15:13 / 19.01.2025 13184

Samarqand viloyati Payariq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 15 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Payariq tumanidagi ichki yo‘llarning birida harakatlanayotgan “Jiguli” mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, YTH sodir etgan.

Oqibatda haydovchi va mashina yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari olib halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, YTH sodir bo‘lgan mahallada viloyat IIB YHXB boshlig‘i ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan.

Ko‘proq yangiliklar: