Ispaniyada osma dor yo‘li uzilib ketdi. Jabrlanganlar bor

Jahon 20:27 2179

Ispaniya shimolidagi Astun tog‘-chang‘i kurortidagi osma dor yo‘lida (kanat) yuz bergan avariya oqibatida kamida 30 kishi jarohat oldi.

Aragon avtonom hududida hukumatning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha bosh direktori Migel Anxel Klaveroning ma’lum qilishicha, dor yo‘lidagi troslardan biri uzilib ketgan va bir nechta kabina yerga qulagan.

Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, avariya oqibatida kamida 30 kishi jarohat olgan, ularning to‘qqiz nafari og‘ir ahvolda.

Ta’kidlanishicha, Astun stansiyasi vaqtincha yopilgan. Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches o‘zining X ijtimoiy tarmog‘i orqali jabrlanganlarga hamdardlik bildirdi. «Astun stansiyasidagi avariya xabari barchamizni larzaga soldi. Aragon hukumati raisi Xorxe Azkon bilan gaplashib, hukumatimiz nomidan jabrlanganlarga barcha zarur yordamni yubordim», — deb yozadi u.

Xorxe Azkonning so‘zlariga ko‘ra, tog‘-chang‘i kurortidagi osma dor yo‘li Aragon hukumati tomonidan ma’muriy tekshiruvdan o‘tgan, biroq endi texnik mutaxassislarning avariya haqidagi hisobotini kutish kerak bo‘ladi.

Versiyalardan birida aytilishicha, dor yo‘li qaytarma g‘ildirakning sinib ketishi natijasida yuzaga kelgan — tortuvchi tros uzilib ketgan, bir nechta kabina qulagan, qolganlari esa osilib qolgan.

Ko‘proq yangiliklar: